Maktab tarixi
Toşkent şahar Madaniyat boş boşqarmasining 1956-yil 14-sentyabrdagi 2108-sonli buyruğiga asosan Toşkent şahridagi Kuybişev (hozirgi vaqtda Mirzo Uluğbek) tumanida 2 –son bolalar musiqa maktabi taşkil topgan.
Maktabning birinçi direktori etib Grebenşikov Ivan Vladimiroviç tayinlangan. Maktabda dastlab fortepiano, torli çolğular (skripka), damli çolğular, xalq çolğulari kabi yönalişlar mavjud bölgan.
Bolalar musiqa maktabiga turli yillarda quyidagilar rahbarlik qilgan:
1956 -1958-yillar - Ivan Vladimiroviç Grebenşikov;
1958 -1963-yillar – E.S. Gabriyelyan ;
1963 -1963-yillar –Larion Armenakoviç Avakov;
1963 -1979-yillar –Yakov Alekseyeviç Bondar;
1979 -1988-yillar - Pyotr Pulatoviç Sradjev;
1988 - 1995-yillar – Natalya Aleksandrovna Konstantinova.
1995-yildan Sayyora Saypillayevna Adilova.
2008-yil maktabda san’at yönalişi ham oçilib, nomi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga özgartirilgan.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularning faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça 2009-2014-yillarga möljallangan davlat dasturi töğrisida”gi PQ-910-sonli qaroriga muvofiq, 2009-yilda maktabning binosi töliq qayta ta’mirlanib, foydalanişga topşirildi. Moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, zamonaviy musiqa çolğulari, ovoz kuçaytirgiç, mebel va uskunalar bilan ta’minlandi.
Bolalar musiqa va san’at maktabining butun faoliyati davomida maktab öquvçilari nafaqat şahar, tuman, balki respublika, sobiq ittifoq miqyosidagi turli tadbirlar va tanlovlarda iştirok etişgan.
Maktabning ba’zi bitiruvçilari hozirgi kunda musiqa va san’at soxasidagi öz faoliyatlarini respublikadan taşqarida - Rossiya, MDH mamlakatlari, AQŞ va Yevropa davlatlarida ham olib borişmoqda. Bundan taşqari maktabning köplab sobiq bitiruvçilari oliy öquv yurtlarini tugatib, bugungi kunda özimizning maktabimizda öquvçilarga san’at sirlaridan saboq berib kelişmoqda.
Fortepiano bölimi öqituvçilari G.Kasimova, G.Yuldaşevalar, damli çolğular öqituvçisi R. S. Bikirov, zarbli çolğular öqituvçisi E. Ortikov öquvçilari tuman, şahar miqyosidagi barça tadbirlarning faol iştirokçilaridir. Sönggi vaqtlarda onlayn tanlovlar,şu jumladan, xalqaro miqyosdagi tanlovlar juda ommalaşmoqda. Maktabimiz öquvçilari uşbu tanlovlarda ham öz qobiliyatlarini sinovdan ötkazişib, yuqori örinlarni qölga kiritmoqdalar.
Kelgusidagi ustuvor vazifalarimiz maktabdagi mavjud barça yönalişlar faoliyatini yanada rivojlantiriş va yangi innovatsion sifatli ta’lim berişdir.
Farzandlaringizni bizning iqtidorlilar maskanida körişdan doimo xursandmiz.