Maktab yangiliklari

Simfonik orkestr sozandalari maktabda konsert dasturini namoyiş etdilar

Joriy yilning 29-yanvar kuni maktabimizda navbatdagi unutilmas madaniy tadbir bölib ötdi. Simfonik orkestr sozandalari öquvçilar uçun maxsus konsert dasturi bilan taşrif buyurişdi. Uşbu uçraşuv köp yillardan buyon davom etib kelayotgan samarali hamkorlikning yana bir yorqin namunasi böldi.

Konsert davomida orkestr sozandalari ijrosida jahon va milliy mumtoz musiqa asarlari yangradi. Sozandalarning jonli ijrosi öquvçilarda katta qiziqiş uyğotdi. Musiqaning sehrli ohanglari zalni iliq va samimiy muhitga töldirdi.

Ta’kidlaş joizki, maktab va simfonik orkestr örtasidagi hamkorlik bir neça yillardan buyon izçil davom etib kelmoqda. Bu hamkorlik öquvçilarning estetik didini şakllantiriş, ularni san’atga mehr ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Konsertdan söng öquvçilar öz taassurotlarini mamnuniyat bilan bildirişdi. Ularning aytişiça, jonli orkestr sozandalar ijrosini tinglaş katta zavq bağişladi va mumtoz musiqaga bölgan qiziqişlarini yanada oşirdi.

Mazkur konsert barçada unutilmas taassurot qoldirdi va madaniy hayotimizdagi muhim voqealardan biri böldi.

Simfonik orkestr konserti
Simfonik orkestr konserti
Simfonik orkestr konserti
Simfonik orkestr konserti