Toşkemt şahar Madaniyat boşqatmasi tasarrufidagi Çilonzor tuman, 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 26-mart sanasida Toşkent şahar bolalar musiqa va san’at maktablari öquvçilarining tasviriy va amaliy san’at yönalişlari böyiça “Bahor nafasi” Toşkent şahar tanlovi ötkazildi. Uşbu tanlovga K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining bir guruh dotsent-öqituvçilari xay’at a’zolari sifatida taşrif buyurib, tanlov iştirokçilarini munosib baholaşda öz hissalarini qöşdilar.
Tanlovdan közlangan maqsad öquvçilarning badiiy didini rivojlantiriş, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etiş hamda bahor faslining gözalligi va yangilaniş ruhini san’at orqali ifodalaşdan iborat böldi.
Tanlovda öquvçilar rangtasvir, grafika, kollaj, qoğozdan işlanmalar, milliy hunarmandçilik buyumlari hamda turli amaliy san’at yönalişlarida öz ijodiy işlarini taqdim etdilar. Iştirokçilar öz asarlarida bahorning uyğonişi, tabiatning gözalligi, milliy qadriyatlar, Navröz bayrami an’analari va ona yurt manzaralarini mahorat bilan aks ettirdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan işlar mazmuni, ijodkorlik darajasi, rang tanlovi va işlaş texnikasiga alohida e’tibor qaratildi. Tanlov yakunida eng faol va iqtidorli öquvçilar turli nominatsiyalar böyiça taqdirlandilar. Ğoliblarga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Tanlovda 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilari faol qatnaşib, faxrli örinlarni olişga sazovor bölişdi. Kryukova Alina 1 örin, Dadayan Meline va Zakirova Latifa 2-örin, Şakirova Sofiya va Djurayeva Lola 3 örinni egallaşdi. Öqituvçilar: Şamirbayev S.A, Kuzibayeva T.N.
Mazkur tanlov öquvçilarning ijodiy fikrlaşini rivojlantiriş, san’atga bölgan qiziqişini yanada oşiriş hamda ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etdi.