Maktab yangiliklari

Elmira Mirkasimova bilan ijodiy uçraşuv ötqazildi

Joriy yilning 2-aprel kuni 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida Özbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasining professori Elmira Mirkasimova bilan ijodiy uçraşuv va sinf konserti ötqazildi. Tadbir davomida öquvçilar taniqli pedagog va ijodkorning boy tajribasi, fortepiano san’atiga oid qimmatli tavsiyalari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar. Professor öz nutqida yoş ijroçilarga musiqiy asar ustida işlaş, sahna madaniyati, ijro texnikasini rivojlantiriş hamda ijodiy yondaşuvni şakllantiriş böyiça muhim tavsiyalar berdi.

Ijodiy uçraşuv doirasida fortepiano bölimi öquvçilarining sinf konserti ham taşkil etildi. Konsert dasturida özbek va jahon kompozitorlarining turli janrdagi asarlari ijro etildi. Yoş ijroçilar sahnada öz mahoratlarini namoyon etib, mehmon va tinglovçilarda katta taassurot qoldirdilar. Professor tomonidan har bir çiqiş yuzasidan qisqa tahlil va iliq fikrlar bildirilib, öquvçilar rağbatlantirildi.

Mazkur ijodiy uçraşuv va konsert öquvçilarning ijodiy faolligini oşiriş, fortepiano ijroçilik san’atiga bölgan qiziqişni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir kötarinki ruhda ötib, iştirokçilarga unutilmas taassurotlar bağişladi.

Ma’sul öqituvçi: G. Kasimova.