Maktab yangiliklari

Gavhar Zokirova bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi

Joriy yilning 8-aprel kuni maktabda taniqli teatr va kino aktrisasi, Özbekiston xalq artisti, Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada Instituti professori, dublyaj ustasi Gavhar Zokirova bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda maktab öquvçilari, öqituvçilar hamda san’at ixlosmandlari faol iştirok etdilar. Tadbir davomida aktrisa özining san’at yölidagi ilk qadamlari, teatr va kino sahnasidagi faoliyati, ijodiy izlanişlari haqida qiziqarli hikoyalar bilan örtoqlaşdi.

Öquvçilar tomonidan berilgan savollarga samimiy javoblar berilib, aktyorlik mahorati, sahna madaniyati va ijodiy ösiş borasida qimmatli tavsiyalar taqdim etildi. Şuningdek, uçraşuv davomida öquvçilar tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari, şe’rlar va musiqiy çiqişlar namoyiş etildi. Mehmon ijroçilarning çiqişlarini yuqori baholab, ularning iste’dodiga omad tiladi.

Mazkur ijodiy uçraşuv yoş avlodning san’atga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, teatr va kino san’ati haqida bilimlarini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida esdalik suratlari olindi va uçraşuv iliq taassurotlar bilan yakunlandi.