Joriy yilning 17-aprel kuni estrada xonandalik bölimi, akademik xonandalik bölimi va xor sinfining hisobot konserti bölib ötdi. Uşbu konsert davomida öquvçilar yil davomida egallagan bilim va könikmalarini namoyiş etdilar. Dasturdan özbek va jahon mumtoz musiqasi namunalaridan, xalq qöşiqlari, zamonaviy kuy-qöşiqlar hamda jamoaviy xor ijrolari örin oldi.
Konsert jarayonida har bir ijroçi sahna madaniyati, ovoz imkoniyatlari va ijro mahoratini namoyon etişga harakat qildi. Ayniqsa, xor jamoasining hamjihatlik bilan ijro etgan kuy-qöşiqlari tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ota-onalar va ustozlar öquvçilarning çiqişlarini iliq kutib olib, ularga olqişlar bildirdilar.
Hisobot konserti yoş xonandalarning iste’dodini yuzaga çiqariş, ularning sahna tajribasini oşiriş hamda musiqa san’atiga bölgan qiziqişini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday tadbirlar öquvçilarning ijodiy rivojlanişiga xizmat qilib, ularni kelajakda yetuk san’atkor bölib voyaga yetişlariga zamin yaratadi.