Maktab yangiliklari

Maktabda fortepiano konsert bölib ötdi

Joriy yilning 2026-yil 20-aprel kuni 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida Özbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi professori hamda taniqli pianist Ilgiz Royanov va xalqaro tanlovlar laureati, iste’dodli ijroçi Nikita Stecenko iştirokida konsert dasturi bölib ötdi. Uşbu ijodiy uçraşuv va konsert öquvçilar, ustozlar hamda musiqa ixlosmandlari uçun unutilmas madaniy tadbirga aylandi.

Konsert davomida mehmon san’atkorlar tomonidan jahon klassik musiqasi durdonalari, fortepiano uçun yozilgan murakkab va nafis asarlar yuksak mahorat bilan ijro etildi. Har bir çiqiş tinglovçilarda katta taassurot qoldirib, yoş musiqaçilar uçun haqiqiy mahorat maktabi vazifasini ötadi. Ayniqsa, ijroçilarning sahna madaniyati, texnik mukammalligi va musiqaga bölgan çuqur yondaşuvi öquvçilarga katta ilhom bağişladi.

Tadbir davomida professor Ilgiz Royanov yoş ijroçilarga fortepiano san’atining nozik jihatlari, maşq qiliş madaniyati va professional musiqaçi böliş yölidagi muhim tavsiyalar bilan örtoqlaşdi. Nikita Stecenko esa xalqaro tanlovlardagi tajribasi haqida sözlab, öquvçilarga öz ustida tinimsiz işlaş zarurligini ta’kidladi.

Mazkur konsert yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş, ularning musiqaga bölgan mehrini yanada oşiriş va san’atga muhabbat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etdi.