Maktab yangiliklari

Bölimlarning hisobot konserti bölib ötdi

Joriy yilning 30-aprel kuni 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiida xalq çolğulari, damli va zarbli çolğular hamda torli çolğular bölimlari öquvçilarining hisobot konserti bölib ötdi. Uşbu konsert yil davomida öquvçilar tomonidan egallangan bilim va ijroçilik mahoratini namoyiş etiş maqsadida taşkil etildi.

Konsert dasturida özbek xalq kuy-qöşiqlari, klassik va zamonaviy asarlar ijro etilib, har bir bölim öziga xos ijro uslubi va rang-barang repertuari bilan ajralib turdi. Xalq çolğulari bölimi milliy an’analarni aks ettiruvçi kuylar bilan tinglovçilar qalbidan joy oldi. Damli va zarbli çolğular bölimi ijrosida jöşqin va ritmik asarlar yangradi, torli çolğular bölimi esa nafis va jarangdor ohanglari bilan konsertga özgaça ruh bağişladi.

Öquvçilarning sahnadagi işonçli çiqişlari, ustozlarining samarali mehnati natijasi ekanligi alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida faol öquvçilar rağbatlantirilib, ustozlarga minnatdorçilik bildirildi.

Mazkur hisobot konserti nafaqat öquvçilarning ijodiy yutuqlarini namoyiş etdi, balki tomoşabinlarga estetik zavq ulaşdi hamda milliy musiqa san’atiga bölgan qiziqişni yanada oşirdi.