Maktab yangiliklari

“Bremenlik musiqaçilar” spektakli namoyiş etildi

Joriy yilning 4-may kuni Bolalar musiqa va san’at maktabining akademik xonandalik hamda teatr san’ati mutaxassisligi öquvçilari tomonidan sahna asari namoyiş etildi. Ular A. Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatri aktyorlari bilan hamkorlikda maşhur “Bremenlik musiqaçilar” spektaklini tomoşabinlarga taqdim etdilar.

Mazkur spektakl öquvçilarning sahna madaniyati, aktyorlik mahorati va vokal ijroçiligini namoyon etişda muhim ahamiyat kasb etdi. Asar davomida qiziqarli sahna körinişlari, jonli ijro, rang-barang obrazlar va musiqiy çiqişlar tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Yoş ijroçilar professional aktyorlar bilan bir sahnada çiqiş qilib, öz iste’dod va imkoniyatlarini yanada rivojlantirişga erişdilar.

Hamkorlikdagi uşbu loyiha öquvçilar uçun katta tajriba maktabi bölib xizmat qildi. Spektakl tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olinib, ijroçilarning mahorati yuqori baholandi.