Maktab yangiliklari

Ma’ruza-konsert dasturi taşkil etildi

Joriy yilning 15-may kuni 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano va damli çolğular bölimi öqituvçi va öquvçilari 225-sonli umumta’lim maktabida “Asarlarda musiqaviy dastur” mavzusida ma’ruza-konsert dasturini taşkil etdilar. Tadbir davomida musiqa asarlarining mazmuni, ularning badiiy ğoyasi hamda kuy orqali turli obraz va hissiyotlarning ifodalanişi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’ruza-konsertda fortepiano bölimi öquvçilari tomonidan jahon va özbek kompozitorlarining turli xarakterdagi asarlari ijro etildi. Har bir çiqişdan oldin asarning yaratiliş tarixi, undagi musiqaviy obrazlar va tinglovçiga yetkazadigan taassurotlari haqida tuşuntirişlar berilib, konsert yanada qiziqarli va mazmunli tus oldi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoş avlodning musiqa san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni mumtoz va zamonaviy musiqaning gözalligi bilan yaqindan taniştiriş hamda estetik didini şakllantirişdan iborat böldi. Öquvçilar fortepiano ijrosidagi turli janrdagi kuy-qöşiqlarni katta qiziqiş va iliq taassurotlar bilan tingladilar.

Ma’ruza-konsert yakunida umumta’lim maktabi pedagoglari va öquvçilari tomonidan tadbir yuqori baholanib, bunday madaniy-ma’rifiy uçraşuvlar yoşlarning san’atga bölgan mehrini yanada oşirişi ta’kidlandi.