Joriy yilning 1-iyun kuni Yunusobod tumanidagi “Çinobod” dam oliş maskanida Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlangan bayram tadbirlari doirasida 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bölimi öquvçilarining ijodiy işlari körgazmasi taşkil etildi.
Körgazmada maktabning turli yoşdagi öquvçilari tomonidan yaratilgan rangtasvir, grafika, kompozitsiya va dekorativ-amaliy san’at yönalişlaridagi ijodiy işlar namoyiş etildi. Asarlarda ona Vatanga muhabbat, bolalik olami, tinçlik, tabiat gözalligi, milliy qadriyatlar hamda orzu-intilişlar kabi mavzular öz aksini topgan.
Tadbir davomida dam oliş maskaniga taşrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar va yoş tomoşabinlar öquvçilarning ijod namunalarini katta qiziqiş bilan tomoşa qildilar. Körgazma yoş rassomlarning iste’dodi, tasavvuri va badiiy mahoratini namoyon etiş bilan birga, ularni yangi ijodiy izlanişlarga ruhlantirdi.
Maktabning tasviriy san’at bölimi pedagoglari U. F. Toşnazarov, S. A. Şamirbauev. tomonidan öquvçilar bilan olib borilayotgan samarali ta’lim va tarbiya işlari natijasida yaratilgan uşbu körgazma bolalarning ijodiy salohiyatini keng jamoatçilikka namoyiş etiş uçun muhim maydon böldi.
Bayramona ruhda ötgan tadbir iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi hamda yoş avlodni san’atga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaş, ularning ijodiy qobiliyatlarini qöllab-quvvatlaş yölidagi ezgu maqsadlarga xizmat qildi. Körgazma mehmonlarda katta taassurot qoldirib, bolalar ijodiga bölgan qiziqiş va e’tiborni yanada oşirdi.