Joriy yilning 23-may kuni 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi xoreografiya bölimining öquvçilari uçun Toşkent şahar Planetariysiga qiziqarli va mazmunli ekskursiya taşkil etildi. Mazkur taşrif yoşlarning ilm-fanga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş hamda böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga xizmat qildi.
Ekskursiya davomida pedagog E.V. Fatkulina rahbarligidagi öquvçilar koinot sir-sinoatlari, Quyoş tizimi sayyoralari, yulduzlar, galaktikalar va zamonaviy astronomiya yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega böldilar. Planetariyning maxsus gumbazli zalida namoyiş etilgan ilmiy-köngiloçar dasturlar orqali bolalar osmon jismlarining harakati, fasllarning almaşinuvi hamda koinotning tuzilişi haqida qiziqarli bilimlarni özlaştirdilar.
Taşrif davomida öquvçilar mutaxassislar bilan muloqot qilib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ayniqsa, yulduzlar va sayyoralar haqidagi vizual namoyişlar bolalarda katta taassurot qoldirdi va astronomiya faniga bölgan qiziqişni yanada kuçaytirdi.
Mazkur ekskursiya nafaqat yangi bilimlar oliş, balki öquvçilarning tasavvur doirasini kengaytiriş, ilmiy tafakkurini rivojlantiriş va tabiat hamda koinot hodisalariga nisbatan qiziqişini oşirişga xizmat qildi.
Toşkent şahar Planetariysiga uyuştirilgan uşbu sayohat öquvçilar uçun unutilmas taassurotlarga boy bölib, ularda ilm-fan va kaşfiyotlarga bölgan qiziqişni yanada mustahkamladi.