Mirzo Uluğbek tumani 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano mutaxassisligi öqituvçilari G. V. Kasimova, E. I. Neçayeva va G. R. Yuldaşevalar tomonidan 2025–2026-öquv yili yakunlariga bağişlangan ota-onalar majlisi hamda sinf konserti ötkazildi.
Tadbir davomida öquv yili davomida erişilgan natijalar sarhisob qilinib, öquvçilarning ijodiy va ijroçilik faoliyatidagi yutuqlari haqida ota-onalarga batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, ta’lim jarayonida amalga oşirilgan işlar, öquvçilarning turli tanlov va festivallardagi iştiroki, erişilgan muvaffaqiyatlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Majlisdan söng taşkil etilgan sinf konsertida fortepiano sinfi öquvçilari özlarining öquv yili davomida egallagan bilim va könikmalarini namoyiş etdilar. Yoş ijroçilar tomonidan özbek va jahon kompozitorlarining turli janrdagi asarlari ijro etilib, tomoşabinlarga estetik zavq ulaşdi. Öquvçilarning sahnadagi işonçli çiqişlari, musiqiy savodxonligi va ijro mahorati ota-onalar hamda ustozlar tomonidan yuqori baholandi.
Tadbir davomida ota-onalar farzandlarining musiqiy rivojlanişi, erişayotgan yutuqlari va ijodiy salohiyatini yaqindan kuzatiş imkoniga ega böldilar. Bunday uçraşuvlar ta’lim muassasasi, pedagoglar va ota-onalar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, öquvçilarning san’atga bölgan qiziqişini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kötarinki ruhda ötgan ota-onalar majlisi va sinf konserti öquv yilining yorqin yakunlaridan biri bölib, iştirokçilarda iliq taassurotlar qoldirdi hamda yoş musiqaçilarni yangi marralar sari ruhlantirdi.