Joriy yilning 6–12 may kunlari Ispaniyaning Lloret de Mar şahrida “Mediterreanean Legends” xalqaro festival-tanlovi bölib ötdi. Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda turli mamlakatlardan kelgan iste’dodli yoş ijroçilar öz mahoratlarini namoyiş etdilar.
Quvonarlisi, 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining saksofon mutaxassisligi 4-sinf öquvçisi Ernest Sagdeev uşbu xalqaro festival-tanlovda muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli 1-örinni qölga kiritdi.
Yoş ijroçi tanlov davomida özining yuqori ijroçilik mahorati, musiqiy didi, sahna madaniyati va asarlarni badiiy talqin etişdagi salohiyati bilan hakamlar hay’ati hamda tomoşabinlar e’tiborini qozondi. Uning muvaffaqiyatli çiqişi natijasida yurtimiz musiqa ta’limi va yoş iste’dodlarining xalqaro maydondagi salohiyati yana bir bor namoyon böldi.
Mazkur yutuqda öquvçining ustozi, saksofon mutaxassisligi öqituvçisi R. Bikirovning mehnati va professional mahorati alohida e’tirofga loyiqdir. Ustozning bilim va tajribasi, öquvçi bilan olib borgan samarali maşğulotlari uşbu yuksak natijaning qölga kiritilişida muhim omil böldi.
2-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi Ernest Sagdeev va uning ustozi R. Bikirovni uşbu ulkan yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida yanada yuksak marralar, yangi ğalabalar va muvaffaqiyatlar tilaydi. Uşbu natija maktab öquvçilari uçun munosib örnak bölib, yoş iste’dodlarni yangi zafarlar sari ilhomlantiradi.