Maktab yangiliklari

Maktabimiz öquvçilarining yutuqlari

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Özbekiston davlat konservatoriyasida “Word music collection” Xalqaro tanlovi bölib ötdi. Uşbu tanlovda 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining damli va zarbli çolğular bölimi öquvçilari muvaffaqiyatli iştirok etişdi. Xususan, quyidagi natijalarga erişildi:

Gran pri - Maxmudov Dalir;

I örin - Xudoyarov Iskandar va Nosaç Platon;

II örin - Aʼzamova Roksana.

Iqtidorli öquvçilarning pedagoglari E.F.Ortiqov, G.A.Abduraximova, R.S.Bekirov, G.R.Yuldaşevalar tanlov taşkilotçilari nomidan taşakkurnoma bilan taqdirlandlar.

Maktab jamoasi iqtidorli öquvçilarni va ularning pedagoglarini uşbu yutuq bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bölib qolişini tilab qoladi.

tanlov
tanlov
tanlov
tanlov