2026-yil 25-sentabr kuni 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçilari N. N. Abduraşidova va G. B. Allambergenova öz sinf öquvçilari bilan hamkorlikda 225-sonli umumta’lim maktabida “Milliy qadriyatlarimiz va mumtoz musiqa” mavzusida ma’ruza-konsert dasturini ötkazdilar.
Tadbir davomida öquvçilarga xalqimizning boy ma’naviy va madaniy merosi, milliy qadriyatlarimiz hamda mumtoz musiqa san’atining öziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi. Ma’ruza jarayonida mumtoz musiqa namunalarining milliy madaniyatimizdagi örni, ularning avloddan-avlodga ötib kelayotgan bebaho meros ekani haqida fikrlar bildirildi.
Ma’ruza qismi öquvçilarning musiqiy çiqişlari bilan uyğunlaşib, tadbirga özgaça mazmun va kötarinki ruh bağişladi. Yoş ijroçilar tomonidan ijro etilgan kuy va asarlar orqali mumtoz musiqa namunalarining nafisligi va badiiy jozibasi namoyiş etildi.
Bunday ma’ruza-konsertlar yoş avlodni milliy musiqa san’atiga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning musiqiy dunyoqaraşini kengaytiriş hamda ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan madaniy boyliklarni asrab-avaylaş tuyğusini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida öquvçilar va ustozlarning ijodiy çiqişlari iştirokçilar tomonidan iliq kutib olindi. Mazkur uçraşuv ta’lim muassasalari örtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlaş va yoşlarning san’atga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qildi.