“Marhabo talantlar” — Özbekistonda yoş iste’dodlarni aniqlaş, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etiş va madaniyat hamda san’at sohasidagi yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan respublika körik-tanlovi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy e’loniga köra, 2026-yilgi tanlov vazirlik, Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş markazi hamda “Zamin Prof Art” hamkorligida taşkil etilmoqda.
Mazkur körik-tanlov musiqa va san’at maktablari öquvçilari uçun öz ijodiy qobiliyatlarini respublika miqyosida namoyiş etiş imkoniyatidir. Tanlovda iştirok etiş:
yoş ijroçilarning sahna tajribasini oşirişga;
ijroçilik mahorati va kasbiy tayyorgarligini sinovdan ötkazişga;
iqtidorli öquvçilarni aniqlaş va rağbatlantirişga;
ustozlarning samarali mehnati natijalarini namoyon etişga xizmat qiladi.
2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi fortepiano bölimi öquvçilari Çerdikudi Angelina va Çerdikudi Arina 1 örinni egallaşib tanlovning 2-bosqiçi uçun yöllanmani qölga kiritdilar!
Öqituvçi: G. V. Kasimova.
Maktab ma’amuriyati iqtidorli öquvçilarni uşbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bölib qolişini tilab qoladi.