Joriy yilning 31-oktyabr kuni 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano mutaxassisligi 2-, 3- va 4-sinf öquvçilari örtasida “ K. Çerni etyudlarining eng yaxşi ijroçisi” tanlovi ötqazildi. Uşbu tanlovda 35 nafar öquvçi iştirok etib, ğoliblar maktab ma’muriyati tomonidan diplomlar bilan taqdirlanişdi.
Ma’sul öqituvçi: G. V. Kasimova.
Mazkur körik-tanlov yoş pianinoçilarning ijroçilik mahoratini namoyiş etiş, ularning texnik tayyorgarligini baholaş hamda musiqiy asarlar ustida mustaqil işlaş könikmalarini rivojlantiriş maqsadida taşkil etildi.
Etyudlar musiqa ta’limida alohida örin tutadi. Ular öquvçilarning barmoqlar çaqqonligi, qöl harakatlari muvofiqligi, texnik aniqligi, ritm va sur’atni his etiş qobiliyatini rivojlantirişda muhim vosita hisoblanadi. Şu bilan birga, etyudlar ustida muntazam işlaş musiqiy xotirani mustahkamlaş, tovuş sifati ustida işlaş va murakkab ijroçilik usullarini özlaştirişga yordam beradi.
Körik-tanlov davomida iştirokçilar turli kompozitorlar tomonidan yaratilgan etyudlarni ijro etib, özlarining texnik imkoniyatlari, ijro aniqligi va musiqiy ifoda mahoratini namoyiş etdilar. Har bir ijroda asarning xarakterini oçib beriş, texnik murakkabliklarni yengib ötiş va musiqiy mazmunni tinglovçiga yetkaziş masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday ijodiy tadbirlar yoş ijroçilarning öz ustida işlaşga bölgan intilişini kuçaytiriş, soğlom ijodiy raqobat muhitini yaratiş hamda ularning kelgusidagi musiqiy kamolotiga zamin yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.